حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ يَحْيَى، وَإِسْحَاقُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ، - وَاللَّفْظُ لِيَحْيَى - قَالاَ أَخْبَرَنَا جَرِيرٌ، عَنْ مَنْصُورٍ، عَنْ سَالِمٍ، عَنْ كُرَيْبٍ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " لَوْ أَنَّ أَحَدَهُمْ إِذَا أَرَادَ أَنْ يَأْتِيَ أَهْلَهُ قَالَ بِاسْمِ اللَّهِ اللَّهُمَّ جَنِّبْنَا الشَّيْطَانَ وَجَنِّبِ الشَّيْطَانَ مَا رَزَقْتَنَا فَإِنَّهُ إِنْ يُقَدَّرْ بَيْنَهُمَا وَلَدٌ فِي ذَلِكَ لَمْ يَضُرَّهُ شَيْطَانٌ أَبَدًا ".
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Agar biringiz oʻz ayoliga yaqinlik qilmoqchi boʻlganida: ‹Bismillah, Allohumma jannibnash-shaytona va jannibish-shaytona mo razaqtano (Alloh nomi bilan; ey Alloh, bizni shaytondan yiroq qil va bizga ato etadigan narsangni shaytondan yiroq qil)›, — desa, agar shu (qoʻshilishlari) tufayli ularning oʻrtasida bola taqdir qilinsa, unga shayton hech qachon zarar yetkaza olmaydi», — dedilar.