وَحَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ الْمُثَنَّى، حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ جَعْفَرٍ، حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ حُمَيْدِ بْنِ نَافِعٍ، عَنْ زَيْنَبَ بِنْتِ أُمِّ سَلَمَةَ، قَالَتْ قَالَتْ أُمُّ سَلَمَةَ لِعَائِشَةَ إِنَّهُ يَدْخُلُ عَلَيْكِ الْغُلاَمُ الأَيْفَعُ الَّذِي مَا أُحِبُّ أَنْ يَدْخُلَ عَلَىَّ . قَالَ فَقَالَتْ عَائِشَةُ أَمَا لَكِ فِي رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم أُسْوَةٌ قَالَتْ إِنَّ امْرَأَةَ أَبِي حُذَيْفَةَ قَالَتْ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّ سَالِمًا يَدْخُلُ عَلَىَّ وَهُوَ رَجُلٌ وَفِي نَفْسِ أَبِي حُذَيْفَةَ مِنْهُ شَىْءٌ . فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " أَرْضِعِيهِ حَتَّى يَدْخُلَ عَلَيْكِ " .
Ummu Salama (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Ummu Salama Oishaga: «Sening oldingga oʻsmir bola kirib-chiqadi, men esa uning mening oldimga kirishini yoqtirmayman», — dedi. (Roviy) dedi: Shunda Oisha: «Sen uchun Rasululloh ﷺ da oʻrnak (namuna) yoʻqmi?» — dedi. U dediki: Abu Huzayfaning xotini: «Yo Rasululloh! Solim mening oldimga kirib-chiqadi, holbuki u (katta) erkak, Abu Huzayfaning koʻnglida esa undan bir narsa bor», — dedi. Shunda Rasululloh ﷺ: «Sening oldingga kirib-chiqishi uchun uni emizib qoʻy», — dedilar.