حَدَّثَنَا هَنَّادُ بْنُ السَّرِيِّ، حَدَّثَنَا أَبُو الأَحْوَصِ، عَنْ أَشْعَثَ بْنِ أَبِي الشَّعْثَاءِ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ مَسْرُوقٍ، قَالَ قَالَتْ عَائِشَةُ دَخَلَ عَلَىَّ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَعِنْدِي رَجُلٌ قَاعِدٌ فَاشْتَدَّ ذَلِكَ عَلَيْهِ وَرَأَيْتُ الْغَضَبَ فِي وَجْهِهِ قَالَتْ فَقُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّهُ أَخِي مِنَ الرَّضَاعَةِ . قَالَتْ فَقَالَ " انْظُرْنَ إِخْوَتَكُنَّ مِنَ الرَّضَاعَةِ فَإِنَّمَا الرَّضَاعَةُ مِنَ الْمَجَاعَةِ".
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ mening oldimga kirib keldilar, oldimda esa bir kishi oʻtirgan edi. Bu u zotga ogʻir botdi, men yuzlarida gʻazabni koʻrdim. (Oisha) dedi: Shunda men: «Yo Rasululloh! U mening emizish (jihatidan) ogʻaynim (akam)», — dedim. (Oisha) dedi: Shunda u zot: «Emizishdan (boʻlgan) ogʻaynilaringizga (yaxshilab) qarab koʻringlar, chunki emizish (mahramlikni belgilaydigani) ochlik (paytidagi, yaʼni goʻdaklik chogʻidagisi)dir», — dedilar.