حَدَّثَنَا أَبُو كُرَيْبٍ، مُحَمَّدُ بْنُ الْعَلاَءِ حَدَّثَنَا أَبُو أُسَامَةَ، عَنْ هِشَامٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتْ كُنْتُ أَغَارُ عَلَى اللاَّتِي وَهَبْنَ أَنْفُسَهُنَّ لِرَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَأَقُولُ وَتَهَبُ الْمَرْأَةُ نَفْسَهَا فَلَمَّا أَنْزَلَ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ { تُرْجِي مَنْ تَشَاءُ مِنْهُنَّ وَتُؤْوِي إِلَيْكَ مَنْ تَشَاءُ وَمَنِ ابْتَغَيْتَ مِمَّنْ عَزَلْتَ} قَالَتْ قُلْتُ وَاللَّهِ مَا أَرَى رَبَّكَ إِلاَّ يُسَارِعُ لَكَ فِي هَوَاكَ.
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Men oʻzlarini Rasululloh ﷺ ga hadya (tortiq) qilgan ayollardan rashk qilar va: «Ayol kishi oʻzini hadya qiladimi?» deb aytardim. Aziz va jalil Alloh: {Ulardan (xohlagan) ayolingni (oʻzingdan) nari qoʻyasan va xohlaganingni oʻzingga olasan; (oʻzingdan) nari qoʻygan (ayolingni qaytadan) tilab olishingda ham (senga gunoh yoʻq)} (Ahzob 51-oyat) ni nozil qilganida, men: «Vallohi, Robbingni faqat sening havoyi nafsing(ni qondirish) yoʻlida shoshilayotgandek koʻraman», dedim.