وَحَدَّثَنَا إِسْحَاقُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ، أَخْبَرَنَا عَبْدُ الرَّزَّاقِ، أَخْبَرَنَا ابْنُ جُرَيْجٍ، أَخْبَرَنِي ابْنُ طَاوُسٍ، عَنْ أَبِيهِ، أَنَّهُ سَمِعَ ابْنَ عُمَرَ، يُسْأَلُ عَنْ رَجُلٍ، طَلَّقَ امْرَأَتَهُ حَائِضًا فَقَالَ أَتَعْرِفُ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ عُمَرَ قَالَ نَعَمْ . قَالَ فَإِنَّهُ طَلَّقَ امْرَأَتَهُ حَائِضًا فَذَهَبَ عُمَرُ إِلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فَأَخْبَرَهُ الْخَبَرَ فَأَمَرَهُ أَنْ يُرَاجِعَهَا قَالَ لَمْ أَسْمَعْهُ يَزِيدُ عَلَى ذَلِكَ لأَبِيهِ.
Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: undan xotinini hayz koʻrayotgan paytida taloq qoʻygan kishi haqida soʻralganda, (soʻrovchiga): «Sen Abdulloh ibn Umarni tanaysanmi?» dedi. U: «Ha», dedi. (Ibn Umar): «Mana oʻsha (Abdulloh) xotinini hayz koʻrayotgan paytida taloq qoʻygan edi. Shunda Umar Nabiy ﷺ ga borib, bu xabarni unga aytdi. U zot esa unga (xotinini) qaytarib olishni buyurdilar», dedi. (Tovus) dedi: «Otamdan bundan ortiq (soʻz) eshitmaganman».