حَدَّثَنَا سُرَيْجُ بْنُ يُونُسَ، حَدَّثَنَا عَبَّادُ بْنُ عَبَّادٍ، عَنْ عَاصِمٍ، عَنْ مُعَاذَةَ الْعَدَوِيَّةِ، عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتْ كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَسْتَأْذِنُنَا إِذَا كَانَ فِي يَوْمِ الْمَرْأَةِ مِنَّا بَعْدَ مَا نَزَلَتْ { تُرْجِي مَنْ تَشَاءُ مِنْهُنَّ وَتُؤْوِي إِلَيْكَ مَنْ تَشَاءُ} فَقَالَتْ لَهَا مُعَاذَةُ فَمَا كُنْتِ تَقُولِينَ لِرَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم إِذَا اسْتَأْذَنَكِ قَالَتْ كُنْتُ أَقُولُ إِنْ كَانَ ذَاكَ إِلَىَّ لَمْ أُوثِرْ أَحَدًا عَلَى نَفْسِي .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: {Ulardan istaganingni kechiktirasan va istaganingni oʻzingga (yaqin) qilasan} (Ahzob 51) (oyati) nozil boʻlganidan keyin, Rasululloh ﷺ bizdan birortamizning kunimiz boʻlsa, (boshqa xotini huzuriga borish uchun) bizdan ruxsat soʻrar edilar. Shunda Muoza unga: «Rasululloh ﷺ sendan ruxsat soʻraganlarida nima der eding?» dedi. (Oisha): «Men: ‹Agar bu mening (ixtiyorimda) boʻlsa, oʻzimdan boshqa birovni afzal koʻrmagan boʻlardim›, — der edim», dedi.