وَحَدَّثَنِي إِسْحَاقُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ الْحَنْظَلِيُّ، أَخْبَرَنَا يَحْيَى بْنُ آدَمَ، حَدَّثَنَا عَمَّارُ بْنُ، رُزَيْقٍ عَنْ أَبِي إِسْحَاقَ، عَنِ الشَّعْبِيِّ، عَنْ فَاطِمَةَ بِنْتِ قَيْسٍ، قَالَتْ طَلَّقَنِي زَوْجِي ثَلاَثًا فَأَرَدْتُ النُّقْلَةَ فَأَتَيْتُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ " انْتَقِلِي إِلَى بَيْتِ ابْنِ عَمِّكِ عَمْرِو بْنِ أُمِّ مَكْتُومٍ فَاعْتَدِّي عِنْدَهُ " .
Fotima bint Qays (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: «Erim meni uch (taloq bilan) taloq qildi. Men (uning uyidan boshqa joyga) koʻchib oʻtmoqchi boʻldim va Nabiy ﷺ ning oldilariga keldim. Shunda u zot: ‹Amaking oʻgʻli Amr ibn Ummu Maktumning uyiga koʻch va iddangni oʻsha yerda oʻtkaz›, — dedilar».