وَحَدَّثَنَا حَسَنُ بْنُ الرَّبِيعِ، حَدَّثَنَا ابْنُ إِدْرِيسَ، عَنْ هِشَامٍ، عَنْ حَفْصَةَ، عَنْ أُمِّ عَطِيَّةَ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " لاَ تُحِدُّ امْرَأَةٌ عَلَى مَيِّتٍ فَوْقَ ثَلاَثٍ إِلاَّ عَلَى زَوْجٍ أَرْبَعَةَ أَشْهُرٍ وَعَشْرًا وَلاَ تَلْبَسُ ثَوْبًا مَصْبُوغًا إِلاَّ ثَوْبَ عَصْبٍ وَلاَ تَكْتَحِلُ وَلاَ تَمَسُّ طِيبًا إِلاَّ إِذَا طَهُرَتْ نُبْذَةً مِنْ قُسْطٍ أَوْ أَظْفَارٍ " .
Umm Atiyya (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Bir ayol oʻlgan kishi uchun uch kundan ortiq motam tutmaydi, faqat eri uchun toʻrt oyu oʻn kun (tutadi). Boʻyalgan kiyim kiymaydi, faqat (ipi xom holida) boʻyalgan asb matosidan boʻlganidan boshqa. Surma ham tortmaydi, atir ham surtmaydi, faqat hayzdan poklanganida bir oz qust yoki azfor (xushboʻyidan ishlatsa boʻladi)», — dedilar.