وَحَدَّثَنِي حَرْمَلَةُ بْنُ يَحْيَى، أَخْبَرَنَا ابْنُ وَهْبٍ، أَخْبَرَنِي يُونُسُ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، أَخْبَرَنِي سَهْلُ بْنُ سَعْدٍ الأَنْصَارِيُّ، أَنَّ عُوَيْمِرًا الأَنْصَارِيَّ، مِنْ بَنِي الْعَجْلاَنِ أَتَى عَاصِمَ بْنَ عَدِيٍّ . وَسَاقَ الْحَدِيثَ بِمِثْلِ حَدِيثِ مَالِكٍ وَأَدْرَجَ فِي الْحَدِيثِ قَوْلَهُ وَكَانَ فِرَاقُهُ إِيَّاهَا بَعْدُ سُنَّةً فِي الْمُتَلاَعِنَيْنِ . وَزَادَ فِيهِ قَالَ سَهْلٌ فَكَانَتْ حَامِلاً فَكَانَ ابْنُهَا يُدْعَى إِلَى أُمِّهِ . ثُمَّ جَرَتِ السُّنَّةُ أَنَّهُ يَرِثُهَا وَتَرِثُ مِنْهُ مَا فَرَضَ اللَّهُ لَهَا .
Sahl ibn Saʼd al-Ansoriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bani Ajlondan boʻlgan Uvaymir al-Ansoriy Osim ibn Adiyning oldiga keldi. Va (roviy) hadisni Molikning hadisi misli (xuddi shunday) keltirdi, hamda hadis ichiga (Ibn Shihobning) «Uning (Uvaymirning) undan (xotinidan) ajralishi keyinchalik mulaana qiluvchilar haqidagi sunnat (qoida) boʻlib qoldi» degan soʻzini qoʻshib aytdi. Va unda quyidagini ziyoda qildi: Sahl dedi: U (ayol) homilador edi, soʻng uning oʻgʻli (otasiga emas, balki) onasiga nisbat berilar edi. Soʻngra shunday sunnat (qoida) joriy boʻldiki, u (oʻgʻil) unga (onasiga) voris boʻladi va u (ona) ham undan Alloh oʻziga belgilab qoʻygan ulushni meros oladi.