وَحَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ يَحْيَى التَّمِيمِيُّ، أَخْبَرَنَا أَبُو الأَحْوَصِ، عَنْ أَشْعَثَ، عَنِ الأَسْوَدِ بْنِ هِلاَلٍ، عَنِ الْمُغِيرَةِ بْنِ شُعْبَةَ، قَالَ بَيْنَا أَنَا مَعَ، رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم ذَاتَ لَيْلَةٍ إِذْ نَزَلَ فَقَضَى حَاجَتَهُ ثُمَّ جَاءَ فَصَبَبْتُ عَلَيْهِ مِنْ إِدَاوَةٍ كَانَتْ مَعِي فَتَوَضَّأَ وَمَسَحَ عَلَى خُفَّيْهِ .
Mugʻiyra ibn Shuʼba (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kecha men Rasululloh ﷺ bilan birga edim. Shunda U Zot (ulovdan) tushib, hojatlarini ado etdilar; soʻng keldilar, men esa oʻzim bilan (boʻlgan) bir idishdan Unga (suv) quydim. Bas, U Zot tahorat qilib, mahsilariga mash tortdilar.