وَحَدَّثَنَا إِسْحَاقُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ، وَعَلِيُّ بْنُ خَشْرَمٍ، جَمِيعًا عَنْ عِيسَى بْنِ يُونُسَ، - قَالَ إِسْحَاقُ أَخْبَرَنَا عِيسَى، - حَدَّثَنَا الأَعْمَشُ، عَنْ مُسْلِمٍ، عَنْ مَسْرُوقٍ، عَنِ الْمُغِيرَةِ بْنِ شُعْبَةَ، قَالَ خَرَجَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم لِيَقْضِيَ حَاجَتَهُ فَلَمَّا رَجَعَ تَلَقَّيْتُهُ بِالإِدَاوَةِ فَصَبَبْتُ عَلَيْهِ فَغَسَلَ يَدَيْهِ ثُمَّ غَسَلَ وَجْهَهُ ثُمَّ ذَهَبَ لِيَغْسِلَ ذِرَاعَيْهِ فَضَاقَتِ الْجُبَّةُ فَأَخْرَجَهُمَا مِنْ تَحْتِ الْجُبَّةِ فَغَسَلَهُمَا وَمَسَحَ رَأْسَهُ وَمَسَحَ عَلَى خُفَّيْهِ ثُمَّ صَلَّى بِنَا .
Mugʻiyra ibn Shuʼba (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ oʻz hojatlarini ado etish uchun (chetga) chiqdilar. Qachonki qaytdilar, men Unga idish (suv) bilan peshvoz chiqdim; bas, Unga (suv) quydim. Bas, U Zot ikki qoʻlini yuvdilar, soʻng yuzini yuvdilar; soʻng ikki bilaklarini yuvmoqchi boʻldilar, ammo jubba tor keldi; shunda ularni jubbaning ostidan chiqardilar-da, ularni yuvdilar; va boshiga mash tortdilar; va mahsilariga mash tortdilar; soʻng bizga imomlik qilib namoz oʻqidilar.