قَالَ مُسْلِمٌ وَرَوَى اللَّيْثُ بْنُ سَعْدٍ، حَدَّثَنِي جَعْفَرُ بْنُ رَبِيعَةَ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ، هُرْمُزَ عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ كَعْبِ بْنِ مَالِكٍ، عَنْ كَعْبِ بْنِ مَالِكٍ، أَنَّهُ كَانَ لَهُ مَالٌ عَلَى عَبْدِ اللَّهِ بْنِ أَبِي حَدْرَدٍ الأَسْلَمِيِّ فَلَقِيَهُ فَلَزِمَهُ فَتَكَلَّمَا حَتَّى ارْتَفَعَتْ أَصْوَاتُهُمَا فَمَرَّ بِهِمَا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ " يَا كَعْبُ " . فَأَشَارَ بِيَدِهِ كَأَنَّهُ يَقُولُ النِّصْفَ فَأَخَذَ نِصْفًا مِمَّا عَلَيْهِ وَتَرَكَ نِصْفًا .
Kaʼb ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Uning Abdulloh ibn Abu Hadrad al-Aslamiyda haqi (puli) bor edi. U bilan uchrashib qoldi va undan (qarzini) talab qilib unga yopishdi. Ikkovi gaplashdilar, hatto ovozlari koʻtarildi. Shunda Rasululloh ﷺ ularning yonidan oʻtib qoldilar va: «Yo Kaʼb!» — dedilar. Soʻng goʻyo «yarmi» degandek qoʻllari bilan ishora qildilar. Bas, (Kaʼb) unda boʻlgan haqning yarmini oldi, yarmini esa kechdi.