حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ يُونُسَ، حَدَّثَنَا زُهَيْرٌ، حَدَّثَنَا مَنْصُورٌ، عَنْ رِبْعِيِّ بْنِ، حِرَاشٍ أَنَّ حُذَيْفَةَ، حَدَّثَهُمْ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " تَلَقَّتِ الْمَلاَئِكَةُ رُوحَ رَجُلٍ مِمَّنْ كَانَ قَبْلَكُمْ فَقَالُوا أَعَمِلْتَ مِنَ الْخَيْرِ شَيْئًا قَالَ لاَ . قَالُوا تَذَكَّرْ . قَالَ كُنْتُ أُدَايِنُ النَّاسَ فَآمُرُ فِتْيَانِي أَنْ يُنْظِرُوا الْمُعْسِرَ وَيَتَجَوَّزُوا عَنِ الْمُوسِرِ - قَالَ - قَالَ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ تَجَوَّزُوا عَنْهُ " .
Huzayfa (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Farishtalar sizlardan oldin (yashab) oʻtganlardan boʻlgan bir kishining ruhini qarshi olishdi-da: ‹Yaxshilikdan biror narsa qildingmi?› — deyishdi. U: ‹Yoʻq›, — dedi. Ular: ‹Eslab koʻr›, — deyishdi. U: ‹Men odamlarga qarz berar edim, soʻng xizmatkorlarimga qiynalganga (puldorga emas) muhlat berishni va boy (toʻlovga qodir)dan oʻtib yuborishni buyurar edim›, — dedi. (U zot) dedilar: ‹Alloh azza va jalla: ‹Undan oʻtib yuboringlar›, — dedi›», — dedilar.