حَدَّثَنِي أَبُو الطَّاهِرِ، أَخْبَرَنَا ابْنُ وَهْبٍ، أَخْبَرَنِي سُلَيْمَانُ بْنُ بِلاَلٍ، عَنْ يَحْيَى بْنِ، سَعِيدٍ عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ وَعْلَةَ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ عَبَّاسٍ، عَنْ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم مِثْلَهُ .
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi Rasululloh ﷺ ga bir meshcha xamr (sharob) hadya qildi. Rasululloh ﷺ unga: «Allohning buni harom qilganini bildingmi?» — dedilar. U: «Yoʻq», — dedi va bir odamga sirli gap aytdi. Shunda Rasululloh ﷺ unga: «Unga nima deb sirlashding?» — dedilar. U: «Men unga buni sotishni buyurdim», — dedi. Bas, (u zot): «Albatta, uni ichishni harom qilgan Zot uni sotishni ham harom qildi», — dedilar. (Roviy) dedi: Shunda u meshni ochib, ichidagi narsa toʻkilib ketguncha (boʻshatdi).