حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، وَابْنُ، نُمَيْرٍ قَالاَ حَدَّثَنَا أَبُو أُسَامَةَ، عَنْ عَبْدِ الْحَمِيدِ، بْنِ جَعْفَرٍ عَنْ يَزِيدَ بْنِ أَبِي حَبِيبٍ، عَنْ عَطَاءٍ، عَنْ جَابِرٍ، قَالَ سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم عَامَ الْفَتْحِ ح وَحَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ الْمُثَنَّى حَدَّثَنَا الضَّحَّاكُ - يَعْنِي أَبَا عَاصِمٍ - عَنْ عَبْدِ الْحَمِيدِ حَدَّثَنِي يَزِيدُ بْنُ أَبِي حَبِيبٍ قَالَ كَتَبَ إِلَىَّ عَطَاءٌ أَنَّهُ سَمِعَ جَابِرَ بْنَ عَبْدِ اللَّهِ يَقُولُ سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم عَامَ الْفَتْحِ بِمِثْلِ حَدِيثِ اللَّيْثِ .
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: u Fath yili Makkada turib, Rasululloh ﷺ ning shunday deganlarini eshitibdi: «Albatta, Alloh va Uning Rasuli xamr, oʻlimtik (oʻlaksa), choʻchqa va butlarni sotishni harom qildi». Shunda: «Yo Rasululloh! Oʻlimtikning yogʻi-chi? Axir u bilan kemalar moylanadi, terilar moylanadi va odamlar undan chiroq yoqishda foydalanadi-ku?» deyildi. U zot: «Yoʻq, u haromdir», dedilar. Soʻng Rasululloh ﷺ oʻsha payt: «Alloh yahudiylarni halok qilsin! Alloh azza va jalla ularga (oʻlimtikning) yogʻini harom qilganida, ular uni eritib, soʻng sotdilar va uning pulini yedilar», dedilar.