Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: «Umarga Samuraning xamr sotgani xabari yetib bordi. Shunda u: ‹Alloh Samurani halok qilsin! Rasululloh ﷺ ning: ‹Alloh yahudiylarni laʼnatlasin! Ularga yogʻlar harom qilingan edi, ular uni eritib, soʻng sotdilar› deganlarini u bilmasmidi?› dedi».