حَدَّثَنَا أَبُو الطَّاهِرِ، أَحْمَدُ بْنُ عَمْرِو بْنِ سَرْحٍ أَخْبَرَنَا ابْنُ وَهْبٍ، عَنْ مَالِكِ بْنِ، أَنَسٍ عَنْ زَيْدِ بْنِ أَسْلَمَ، عَنْ عَطَاءِ بْنِ يَسَارٍ، عَنْ أَبِي رَافِعٍ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم اسْتَسْلَفَ مِنْ رَجُلٍ بَكْرًا فَقَدِمَتْ عَلَيْهِ إِبِلٌ مِنْ إِبِلِ الصَّدَقَةِ فَأَمَرَ أَبَا رَافِعٍ أَنْ يَقْضِيَ الرَّجُلَ بَكْرَهُ فَرَجَعَ إِلَيْهِ أَبُو رَافِعٍ فَقَالَ لَمْ أَجِدْ فِيهَا إِلاَّ خِيَارًا رَبَاعِيًا . فَقَالَ " أَعْطِهِ إِيَّاهُ إِنَّ خِيَارَ النَّاسِ أَحْسَنُهُمْ قَضَاءً " .
Abu Rofiʼ (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ bir kishidan yosh erkak tuyani qarzga oldilar. Soʻng u zotga sadaqa tuyalaridan (baʼzilari) keldi. Shunda u zot Abu Rofiʼga oʻsha kishiga tuyasini qaytarib berishni buyurdilar. Abu Rofiʼ u zotning oldiga qaytib kelib: «Men ular ichidan faqat olti yoshga kirgan saralangan tuyani topdim», dedi. U zot: «Oʻshani unga ber. Odamlarning eng yaxshisi qarzni eng chiroyli ado qiluvchidir», dedilar.