حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ عُثْمَانَ النَّوْفَلِيُّ، حَدَّثَنَا أَزْهَرُ، حَدَّثَنَا ابْنُ عَوْنٍ، عَنِ الشَّعْبِيِّ، عَنِ النُّعْمَانِ بْنِ بَشِيرٍ، قَالَ نَحَلَنِي أَبِي نُحْلاً ثُمَّ أَتَى بِي إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم لِيُشْهِدَهُ فَقَالَ " أَكُلَّ وَلَدِكَ أَعْطَيْتَهُ هَذَا " . قَالَ لاَ . قَالَ " أَلَيْسَ تُرِيدُ مِنْهُمُ الْبِرَّ مِثْلَ مَا تُرِيدُ مِنْ ذَا " . قَالَ بَلَى . قَالَ " فَإِنِّي لاَ أَشْهَدُ " . قَالَ ابْنُ عَوْنٍ فَحَدَّثْتُ بِهِ مُحَمَّدًا فَقَالَ إِنَّمَا تَحَدَّثْنَا أَنَّهُ قَالَ " قَارِبُوا بَيْنَ أَوْلاَدِكُمْ " .
Nuʼmon ibn Bashir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Otam menga bir narsa hadya qildi, soʻng buni guvoh qildirish uchun meni Rasululloh ﷺ huzurlariga olib bordi. Shunda (Rasululloh ﷺ): «Barcha bolangga shuni berganmisan?» — dedilar. (U): «Yoʻq», — dedi. (Rasululloh ﷺ): «Sen bundan yaxshilik kutganing kabi ulardan ham yaxshilik kutmaysanmi?» — dedilar. (U): «Albatta», — dedi. (Rasululloh ﷺ): «Men buni (ana shunga) guvoh boʻlmayman», — dedilar. Ibn Avn dedi: Men buni Muhammadga aytib berdim, shunda u: «Bizga shunday hadis aytishgan: (Rasululloh ﷺ): ‹Bolalaringiz oʻrtasida (sovgʻada) teng yoʻl tuting›, — dedilar», — dedi.