حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، وَأَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ قَالاَ حَدَّثَنَا سُفْيَانُ بْنُ عُيَيْنَةَ، ح وَحَدَّثَنِي أَبُو الطَّاهِرِ، وَحَرْمَلَةُ، قَالاَ أَخْبَرَنَا ابْنُ وَهْبٍ، أَخْبَرَنِي يُونُسُ، ح وَحَدَّثَنَا إِسْحَاقُ، بْنُ إِبْرَاهِيمَ وَعَبْدُ بْنُ حُمَيْدٍ قَالاَ أَخْبَرَنَا عَبْدُ الرَّزَّاقِ، أَخْبَرَنَا مَعْمَرٌ، كُلُّهُمْ عَنِ الزُّهْرِيِّ، بِهَذَا الإِسْنَادِ نَحْوَهُ .
Saʼd ibn Abu Vaqqos (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Vidoʼ haji (vaqti)da meni oʻlim chetiga olib kelgan bir ogʻriq sababli Rasululloh ﷺ meni yoʻqlab keldilar. Men: ‹Yo Rasululloh! Koʻrib turganingizdek meni ogʻriq tutib qoldi. Men molli kishiman, menga bittagina qizimdan boshqa hech kim meros boʻlmaydi. Molimning uchdan ikkisini sadaqa qilaymi?› — dedim. U zot: ‹Yoʻq›, — dedilar. Men: ‹Yarmini sadaqa qilaymi?› — dedim. U zot: ‹Yoʻq. Uchdan biri (boʻlsin), uchdan biri ham koʻpdir. Sen vorislaringni odamlardan tilanib yuradigan muhtoj holatda qoldirgandan koʻra, boy holatda qoldirsang yaxshiroqdir. Sen Alloh yuzini istab qilgan har bir xarajatingga, hatto xotiningning ogʻziga solgan luqmangga ham ajr berilasan›, — dedilar. Men: ‹Yo Rasululloh! Men sheriklarimdan keyin (Makkada) qoldirilamanmi?› — dedim. U zot: ‹Sen qoldirilib, Alloh yuzini istab biror amal qilsang, albatta u bilan darajang va martabang ortadi. Ehtimol sen qoldirilarsan, toki bir qavmlar sen bilan manfaat topib, boshqalar sen bilan zarar koʻradilar. Allohim, sheriklarimning hijratini batamom qilgil va ularni ortlariga (orqalariga) qaytarmagil. Lekin baxtsizi Saʼd ibn Xavladir›, — dedilar.» (Roviy:) Rasululloh ﷺ uning Makkada vafot etgani uchun unga achindilar.