وَحَدَّثَنِي زُهَيْرُ بْنُ حَرْبٍ، حَدَّثَنَا الْحَسَنُ بْنُ مُوسَى، حَدَّثَنَا زُهَيْرٌ، حَدَّثَنَا سِمَاكُ، بْنُ حَرْبٍ حَدَّثَنِي مُصْعَبُ بْنُ سَعْدٍ، عَنْ أَبِيهِ، قَالَ مَرِضْتُ فَأَرْسَلْتُ إِلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فَقُلْتُ دَعْنِي أَقْسِمْ مَالِي حَيْثُ شِئْتُ فَأَبَى . قُلْتُ فَالنِّصْفُ فَأَبَى . قُلْتُ فَالثُّلُثُ قَالَ فَسَكَتَ بَعْدَ الثُّلُثِ . قَالَ فَكَانَ بَعْدُ الثُّلُثُ جَائِزًا .
Saʼd ibn Abu Vaqqos (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Men kasal boʻlib qoldim va Nabiy ﷺ ga (odam) yubordim. Soʻng: ‹Molimni xohlagan joyimga taqsimlashimga ruxsat bering›, — dedim. U zot rad qildilar. Men: ‹Yarmi (boʻlsin)?› — dedim. U zot rad qildilar. Men: ‹Uchdan biri (boʻlsin)?› — dedim.» (Roviy:) U zot uchdan birdan keyin jim turdilar. (Roviy:) Shundan keyin uchdan bir joiz boʻlib qoldi.