حَدَّثَنَا أَبُو الرَّبِيعِ، سُلَيْمَانُ بْنُ دَاوُدَ الْعَتَكِيُّ حَدَّثَنَا حَمَّادٌ، - يَعْنِي ابْنَ زَيْدٍ - عَنْ عَمْرِو بْنِ دِينَارٍ، عَنْ جَابِرِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ، أَنَّ رَجُلاً، مِنَ الأَنْصَارِ أَعْتَقَ غُلاَمًا لَهُ عَنْ دُبُرٍ لَمْ يَكُنْ لَهُ مَالٌ غَيْرُهُ فَبَلَغَ ذَلِكَ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ " مَنْ يَشْتَرِيهِ مِنِّي " . فَاشْتَرَاهُ نُعَيْمُ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ بِثَمَانِمِائَةِ دِرْهَمٍ فَدَفَعَهَا إِلَيْهِ . قَالَ عَمْرٌو سَمِعْتُ جَابِرَ بْنَ عَبْدِ اللَّهِ يَقُولُ عَبْدًا قِبْطِيًّا مَاتَ عَامَ أَوَّلَ .
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: ansorlardan bir kishi oʻzining bir qulini oʻzi oʻlganidan keyin ozod boʻladigan qilib (mudabbar qilib) qoʻygan edi, undan boshqa moli yoʻq edi. Bu xabar Nabiy ﷺ ga yetib bordi. Shunda u zot: «Uni mendan kim sotib oladi?» — dedilar. Bas, uni Nuaym ibn Abdulloh sakkiz yuz dirhamga sotib oldi va uni (pulni) u zotga topshirdi. Amr dedi: men Jobir ibn Abdullohning: «U qibt quli edi, avvalgi yili vafot etgan», deyotganini eshitdim.