وَحَدَّثَنَا هَارُونُ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ، حَدَّثَنَا مَالِكُ بْنُ إِسْمَاعِيلَ، حَدَّثَنَا زُهَيْرٌ، حَدَّثَنَا سِمَاكُ، بْنُ حَرْبٍ عَنْ مُعَاوِيَةَ بْنِ قُرَّةَ، عَنْ أَنَسٍ، قَالَ أَتَى رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم نَفَرٌ مِنْ عُرَيْنَةَ فَأَسْلَمُوا وَبَايَعُوهُ وَقَدْ وَقَعَ بِالْمَدِينَةِ الْمُومُ - وَهُوَ الْبِرْسَامُ - ثُمَّ ذَكَرَ نَحْوَ حَدِيثِهِمْ وَزَادَ وَعِنْدَهُ شَبَابٌ مِنَ الأَنْصَارِ قَرِيبٌ مِنْ عِشْرِينَ فَأَرْسَلَهُمْ إِلَيْهِمْ وَبَعَثَ مَعَهُمْ قَائِفًا يَقْتَصُّ أَثَرَهُمْ .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ huzurlariga Urayna (qabilasi)dan bir necha kishi keldi. Ular Islomni qabul qildilar va u zotga bayʼat berdilar. Oʻsha vaqtda Madinada mum — yaʼni birsom (oʻpka shamollashi) kasalligi tarqalgan edi. Soʻng (rovii) ularning hadisiga oʻxshatib zikr qildi va shuni ziyoda qildi: «U zotning huzurlarida ansorlardan yigirmaga yaqin yigit bor edi. U zot ularni oʻshalar (jinoyatchilar) ortidan yubordilar va ular bilan birga izlarini kuzatib boruvchi izquvarni joʻnatdilar».