حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ أَبِي بَكْرٍ الْمُقَدَّمِيُّ، حَدَّثَنَا سُلَيْمَانُ أَبُو دَاوُدَ، حَدَّثَنَا زَائِدَةُ، عَنِ السُّدِّيِّ، عَنْ سَعْدِ بْنِ عُبَيْدَةَ، عَنْ أَبِي عَبْدِ الرَّحْمَنِ، قَالَ خَطَبَ عَلِيٌّ فَقَالَ يَا أَيُّهَا النَّاسُ أَقِيمُوا عَلَى أَرِقَّائِكُمُ الْحَدَّ مَنْ أَحْصَنَ مِنْهُمْ وَمَنْ لَمْ يُحْصِنْ فَإِنَّ أَمَةً لِرَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم زَنَتْ فَأَمَرَنِي أَنْ أَجْلِدَهَا فَإِذَا هِيَ حَدِيثُ عَهْدٍ بِنِفَاسٍ فَخَشِيتُ إِنْ أَنَا جَلَدْتُهَا أَنْ أَقْتُلَهَا فَذَكَرْتُ ذَلِكَ لِلنَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ " أَحْسَنْتَ " .
Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Ali xutba qilib, dedi: «Ey odamlar, choʻri va qullaringizga had joriy qilinglar — ulardan turmush qurganiga ham, turmush qurmaganiga ham. Chunki Rasululloh ﷺ ning bir choʻrilari zino qilgan edi, u zot menga uni qamchilashni buyurdilar. Shunda u yaqindagina koʻzi yorigan (tuqqan) ekan, men uni qamchilasam oʻldirib qoʻyishimdan qoʻrqdim. Buni Nabiy ﷺ ga aytsam, u zot: ‹Yaxshi qilibsan›, dedilar.»