حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ الْمُثَنَّى، حَدَّثَنَا مُعَاذُ بْنُ هِشَامٍ، حَدَّثَنِي أَبِي، عَنْ قَتَادَةَ، عَنْ أَنَسِ، بْنِ مَالِكٍ أَنَّ نَبِيَّ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم جَلَدَ فِي الْخَمْرِ بِالْجَرِيدِ وَالنِّعَالِ ثُمَّ جَلَدَ أَبُو بَكْرٍ أَرْبَعِينَ . فَلَمَّا كَانَ عُمَرُ وَدَنَا النَّاسُ مِنَ الرِّيفِ وَالْقُرَى قَالَ مَا تَرَوْنَ فِي جَلْدِ الْخَمْرِ فَقَالَ عَبْدُ الرَّحْمَنِ بْنُ عَوْفٍ أَرَى أَنْ تَجْعَلَهَا كَأَخَفِّ الْحُدُودِ . قَالَ فَجَلَدَ عُمَرُ ثَمَانِينَ .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Allohning Nabiysi ﷺ xamr (ichkilik ichganlik uchun) xurmo shoxlari va kavushlar bilan urar (jazo berar) edilar. Soʻngra Abu Bakr qirq (darra) urdi. Umar (xalifa boʻlib), odamlar qishloq va ovullarga yaqinlashganlarida (yoyilib ketganlarida): «Xamr (ichganlik uchun) urish (jazosi) haqida nima deysizlar?» dedi. Shunda Abdurrahmon ibn Avf: «Buni eng yengil haddlardek qilishingni maslahat beraman», dedi. (Roviy) dedi: Bas, Umar sakson (darra) urdi.