وَحَدَّثَنَا زُهَيْرُ بْنُ حَرْبٍ، حَدَّثَنَا رَوْحُ بْنُ عُبَادَةَ، حَدَّثَنَا زَكَرِيَّاءُ بْنُ إِسْحَاقَ، حَدَّثَنَا عَمْرُو بْنُ دِينَارٍ، قَالَ سَمِعْتُ جَابِرَ بْنَ عَبْدِ اللَّهِ، يُحَدِّثُ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم كَانَ يَنْقُلُ مَعَهُمُ الْحِجَارَةَ لِلْكَعْبَةِ وَعَلَيْهِ إِزَارُهُ فَقَالَ لَهُ الْعَبَّاسُ عَمُّهُ يَا ابْنَ أَخِي لَوْ حَلَلْتَ إِزَارَكَ فَجَعَلْتَهُ عَلَى مَنْكِبِكَ دُونَ الْحِجَارَةِ - قَالَ - فَحَلَّهُ فَجَعَلَهُ عَلَى مَنْكِبِهِ فَسَقَطَ مَغْشِيًّا عَلَيْهِ - قَالَ - فَمَا رُؤِيَ بَعْدَ ذَلِكَ الْيَوْمِ عُرْيَانًا .
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ ular bilan birga Kaʼba uchun tosh tashir, ustida izori bor edi. Amakisi Abbos unga: «Ey ogʻam (ukam)ning oʻgʻli! Izoringni yechib, toshdan (himoya uchun) yelkangga qoʻysang (boʻlardi)», dedi. (Jobir) dedi: Shunda (u zot) uni yechib, yelkasiga qoʻydi-yu, behush boʻlib yiqildi. (Jobir) dedi: Shu kundan keyin u zot hech qachon yalangʻoch koʻrilmadi.