حَدَّثَنِي زُهَيْرُ بْنُ حَرْبٍ، حَدَّثَنَا جَرِيرٌ، عَنْ سُهَيْلٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " إِنَّ اللَّهَ يَرْضَى لَكُمْ ثَلاَثًا وَيَكْرَهُ لَكُمْ ثَلاَثًا فَيَرْضَى لَكُمْ أَنْ تَعْبُدُوهُ وَلاَ تُشْرِكُوا بِهِ شَيْئًا وَأَنْ تَعْتَصِمُوا بِحَبْلِ اللَّهِ جَمِيعًا وَلاَ تَفَرَّقُوا وَيَكْرَهُ لَكُمْ قِيلَ وَقَالَ وَكَثْرَةَ السُّؤَالِ وَإِضَاعَةَ الْمَالِ " .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Albatta Alloh sizlar uchun uch narsadan rozi boʻladi va sizlar uchun uch narsani yomon koʻradi. U Zotga ibodat qilishingiz va Unga hech narsani sherik qilmasligingiz hamda hammangiz Allohning arqoniga (dini, Qurʼoniga) mahkam yopishib, boʻlinib ketmasligingizdan rozi boʻladi. Sizlar uchun ‹falonchi shunday dedi, falonchi bunday dedi› (degan behuda gap-soʻz)ni, koʻp soʻrayverishni va molni zoye qilishni yomon koʻradi», — dedilar.