حَدَّثَنَا أَبُو كُرَيْبٍ، مُحَمَّدُ بْنُ الْعَلاَءِ حَدَّثَنَا وَكِيعٌ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الْحَمِيدِ بْنُ جَعْفَرٍ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ أَبِي سَعِيدٍ الْمَقْبُرِيِّ، عَنْ أَبِي شُرَيْحٍ الْخُزَاعِيِّ، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " الضِّيَافَةُ ثَلاَثَةُ أَيَّامٍ وَجَائِزَتُهُ يَوْمٌ وَلَيْلَةٌ وَلاَ يَحِلُّ لِرَجُلٍ مُسْلِمٍ أَنْ يُقِيمَ عِنْدَ أَخِيهِ حَتَّى يُؤْثِمَهُ " . قَالُوا يَا رَسُولَ اللَّهِ وَكَيْفَ يُؤْثِمُهُ قَالَ " يُقِيمُ عِنْدَهُ وَلاَ شَىْءَ لَهُ يَقْرِيهِ بِهِ " .
Abu Shurayh al-Xuzoiy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U dedi: Rasululloh ﷺ: «Mehmondorchilik uch kundir, uning joizasi (mukofoti) bir kun-u bir kechadir. Musulmon kishiga oʻz birodarining oldida uni gunohga qoldirguncha turishi halol emas», dedilar. Sahobalar: «Yo Rasululloh, uni qanday gunohga qoldiradi?» dedilar. U zot: «Uning oldida turaveradi, holbuki (mezbonning) uni mehmon qiladigan hech narsasi qolmagan boʻladi», dedilar.