حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا عَفَّانُ، حَدَّثَنَا حَمَّادُ بْنُ سَلَمَةَ، حَدَّثَنَا ثَابِتٌ، عَنْ أَنَسٍ، قَالَ كُنْتُ رِدْفَ أَبِي طَلْحَةَ يَوْمَ خَيْبَرَ وَقَدَمِي تَمَسُّ قَدَمَ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ فَأَتَيْنَاهُمْ حِينَ بَزَغَتِ الشَّمْسُ وَقَدْ أَخْرَجُوا مَوَاشِيَهُمْ وَخَرَجُوا بِفُئُوسِهِمْ وَمَكَاتِلِهِمْ وَمُرُورِهِمْ فَقَالُوا مُحَمَّدٌ وَالْخَمِيسَ . قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " خَرِبَتْ خَيْبَرُ إِنَّا إِذَا نَزَلْنَا بِسَاحَةِ قَوْمٍ فَسَاءَ صَبَاحُ الْمُنْذَرِينَ " . قَالَ فَهَزَمَهُمُ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Xaybar kunida men Abu Talhaning ortida (mingashib) edim, oyogʻim Rasululloh ﷺ ning oyoqlariga tegib turardi. (Anas) dedi: Biz ularning oldiga quyosh chiqqan paytda yetib bordik. Ular chorvalarini (haydab) chiqargan, oʻzlari ham boltalari, savatlari va belkuraklari bilan chiqishgan edi. Shunda ular: «Muhammad va qoʻshin!» dedilar. Rasululloh ﷺ: «Xaybar vayron boʻldi! Biz bir qavmning maydoniga (tushib) qoʻnsak, ogohlantirilganlarning tongi naqadar yomon boʻladi!» dedilar. (Anas) dedi: Soʻng Alloh azza va jalla ularni magʻlub etdi.