وَحَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا جَعْفَرُ بْنُ عَوْنٍ، أَخْبَرَنَا سُفْيَانُ، عَنْ أَبِي، إِسْحَاقَ بِهَذَا الإِسْنَادِ نَحْوَهُ وَزَادَ وَكَانَ يَسْتَحِبُّ ثَلاَثًا يَقُولُ " اللَّهُمَّ عَلَيْكَ بِقُرَيْشٍ اللَّهُمَّ عَلَيْكَ بِقُرَيْشٍ اللَّهُمَّ عَلَيْكَ بِقُرَيْشٍ " . ثَلاَثًا وَذَكَرَ فِيهِمُ الْوَلِيدَ بْنَ عُتْبَةَ وَأُمَيَّةَ بْنَ خَلَفٍ وَلَمْ يَشُكَّ . قَالَ أَبُو إِسْحَاقَ وَنَسِيتُ السَّابِعَ .
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan shu maʼnoda rivoyat qilinadi va unda (shu) ziyoda qilingan: U zot (duoni) uch marta (takrorlashni) yaxshi koʻrar va: «Ey Alloh! Quraysh(ni jazolash) Sening zimmangda, ey Alloh! Quraysh(ni jazolash) Sening zimmangda, ey Alloh! Quraysh(ni jazolash) Sening zimmangda», — deb uch marta aytar edilar. U (Sufyon) ular orasida Valid ibn Utba va Umayya ibn Xalafni zikr qildi va shubha qilmadi. Abu Isʼhoq dedi: «Yettinchisini esa unutdim.»