حَدَّثَنَا إِسْحَاقُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ، أَخْبَرَنَا سُفْيَانُ، عَنِ الأَسْوَدِ بْنِ قَيْسٍ، أَنَّهُ سَمِعَ جُنْدُبًا، يَقُولُ أَبْطَأَ جِبْرِيلُ عَلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ الْمُشْرِكُونَ قَدْ وُدِّعَ مُحَمَّدٌ فَأَنْزَلَ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ { وَالضُّحَى * وَاللَّيْلِ إِذَا سَجَى * مَا وَدَّعَكَ رَبُّكَ وَمَا قَلَى}
Jundub ibn Sufyon (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Jibril Rasululloh ﷺ ga (kelishni) kechiktirdi. Shunda mushriklar: «Muhammad tark etildi (Robbi uni tashlab qoʻydi)», — deyishdi. Bas, Alloh azza va jalla: {Zuho (chosht vaqti) bilan qasam. Va sokin boʻlgan kech bilan qasam. Robbing seni tark etgani ham, (senga) gʻazab qilgani ham yoʻq} (Zuho 1-3) (oyatlarini) nozil qildi.