حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ حُجْرٍ السَّعْدِيُّ، أَخْبَرَنَا إِسْمَاعِيلُ، - يَعْنِي ابْنَ عُلَيَّةَ - حَدَّثَنَا سُلَيْمَانُ، التَّيْمِيُّ حَدَّثَنَا أَنَسُ بْنُ مَالِكٍ، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " مَنْ يَنْظُرُ لَنَا مَا صَنَعَ أَبُو جَهْلٍ " . فَانْطَلَقَ ابْنُ مَسْعُودٍ فَوَجَدَهُ قَدْ ضَرَبَهُ ابْنَا عَفْرَاءَ حَتَّى بَرَكَ - قَالَ - فَأَخَذَ بِلِحْيَتِهِ فَقَالَ آنْتَ أَبُو جَهْلٍ فَقَالَ وَهَلْ فَوْقَ رَجُلٍ قَتَلْتُمُوهُ - أَوْ قَالَ - قَتَلَهُ قَوْمُهُ قَالَ وَقَالَ أَبُو مِجْلَزٍ قَالَ أَبُو جَهْلٍ فَلَوْ غَيْرُ أَكَّارٍ قَتَلَنِي .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Kim biz uchun Abu Jahl nima boʻlganini koʻrib keladi?» dedilar. Shunda Ibn Masʼud (koʻrgani) bordi va uni Afroning ikki oʻgʻli urib, (yiqilib) yotgan holda topdi. (Anas) dedi: (Ibn Masʼud) uning soqolidan ushlab: «Sen Abu Jahlmisan?» dedi. U: «Siz oʻldirgan kishidan yuksakroq odam ham bormi?» dedi — yoki: «Uni qavmi oʻldirdi», dedi. (Anas) dedi: Abu Mijlaz aytdi: Abu Jahl: «Meni dehqondan boshqasi oʻldirsa edi (yaxshi boʻlardi)», dedi.