حَدَّثَنِي عَمْرُو بْنُ مُحَمَّدٍ النَّاقِدُ، حَدَّثَنَا يَزِيدُ بْنُ هَارُونَ، أَخْبَرَنَا حَمَّادُ بْنُ سَلَمَةَ، عَنْ ثَابِتٍ، عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، أَنَّ ثَمَانِينَ، رَجُلاً مِنْ أَهْلِ مَكَّةَ هَبَطُوا عَلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم مِنْ جَبَلِ التَّنْعِيمِ مُتَسَلِّحِينَ يُرِيدُونَ غِرَّةَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم وَأَصْحَابِهِ فَأَخَذَهُمْ سَلَمًا فَاسْتَحْيَاهُمْ فَأَنْزَلَ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ { وَهُوَ الَّذِي كَفَّ أَيْدِيَهُمْ عَنْكُمْ وَأَيْدِيَكُمْ عَنْهُمْ بِبَطْنِ مَكَّةَ مِنْ بَعْدِ أَنْ أَظْفَرَكُمْ عَلَيْهِمْ}
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Makka ahlidan saksonta kishi qurollangan holda Tanʼim togʻidan Rasululloh ﷺ ning ustiga tushdilar — Nabiy ﷺ va sahobalarini gʻaflatda ilinmoqchi boʻldilar. Lekin u zot ularni asir oldilar va tirik qoldirdilar. Shunda Alloh azza va jalla: {U sizlarni ular ustidan gʻolib qilganidan soʻng, Makka vodiysida ularning qoʻllarini sizlardan, sizlarning qoʻllaringizni ulardan toʻsib qoʻygan Zotdir} (Fath 24) — (oyatini) nozil qildi.