حَدَّثَنَا مَنْصُورُ بْنُ أَبِي مُزَاحِمٍ، حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ حَمْزَةَ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ يَزِيدَ، بْنِ جَابِرٍ أَنَّ عُمَيْرَ بْنَ هَانِئٍ، حَدَّثَهُ قَالَ سَمِعْتُ مُعَاوِيَةَ، عَلَى الْمِنْبَرِ يَقُولُ سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ " لاَ تَزَالُ طَائِفَةٌ مِنْ أُمَّتِي قَائِمَةً بِأَمْرِ اللَّهِ لاَ يَضُرُّهُمْ مَنْ خَذَلَهُمْ أَوْ خَالَفَهُمْ حَتَّى يَأْتِيَ أَمْرُ اللَّهِ وَهُمْ ظَاهِرُونَ عَلَى النَّاسِ " .
Muoviya (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U minbar ustida turib shunday dedi: Men Rasululloh ﷺ ni shunday deganlarini eshitdim: «Ummatimdan bir toifa Allohning amri ustida (tik) turgan holda davom etaveradi. Ularni xor qilmoqchi boʻlgan yoki ularga qarshi chiqqanlar ularga zarar yetkaza olmaydi, toki Allohning amri kelguniga qadar ular odamlar ustidan gʻolib boʻladilar».