وَحَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ حَاتِمٍ، حَدَّثَنَا حَجَّاجٌ، عَنِ ابْنِ جُرَيْجٍ، أَخْبَرَنِي أَبُو الزُّبَيْرِ، سَمِعَ جَابِرًا، يُسْأَلُ كَمْ كَانُوا يَوْمَ الْحُدَيْبِيَةِ قَالَ كُنَّا أَرْبَعَ عَشْرَةَ مِائَةً فَبَايَعْنَاهُ وَعُمَرُ آخِذٌ بِيَدِهِ تَحْتَ الشَّجَرَةِ وَهِيَ سَمُرَةٌ فَبَايَعْنَاهُ غَيْرَ جَدِّ ابْنِ قَيْسٍ الأَنْصَارِيِّ اخْتَبَأَ تَحْتَ بَطْنِ بَعِيرِهِ.
Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: undan Hudaybiya kunida (musulmonlar) qancha edingiz, deb soʻralganida: Biz bir ming toʻrt yuz kishi edik, biz unga bayʼat qildik. Umar daraxt ostida u zotning qoʻlidan ushlab turardi, u (daraxt) samura (yantoq) daraxti edi. Biz unga bayʼat qildik, faqat Ibn Qays al-Ansoriyning bobosi (bayʼat qilmadi), u tuyasining qorni ostiga yashirinib oldi, dedi.