وَحَدَّثَنَاهُ عَبْدُ اللَّهِ بْنُ عَبْدِ الرَّحْمَنِ الدَّارِمِيُّ، حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ يُوسُفَ، عَنِ الأَوْزَاعِيِّ، بِهَذَا الإِسْنَادِ . مِثْلَهُ غَيْرَ أَنَّهُ قَالَ " إِنَّ اللَّهَ لَنْ يَتِرَكَ مِنْ عَمَلِكَ شَيْئًا " . وَزَادَ فِي الْحَدِيثِ قَالَ " فَهَلْ تَحْلُبُهَا يَوْمَ وِرْدِهَا " . قَالَ نَعَمْ .
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: bir aʼrobiy (sahroyi arab) Rasululloh ﷺ dan hijrat haqida soʻradi. Shunda u zot: «Voy senga! Hijratning ishi haqiqatan ogʻirdir. Tuyalaring bormi?» — dedilar. (Aʼrobiy): «Ha», — dedi. (U zot): «Ularning zakotini berasanmi?» — dedilar. «Ha», — dedi. (U zot): «Ular suvga kelgan kunida ularni sogʻasanmi?» — dedilar. (Aʼrobiy): «Ha», — dedi. (U zot): «Unday boʻlsa, dengizlarning ortida (uzoq joyda) ham (yaxshi) amal qilaver, chunki Alloh sening amalingdan hech narsani kamaytirmaydi», — dedilar.