وَحَدَّثَنَا إِسْحَاقُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ، أَخْبَرَنَا جَرِيرٌ، عَنْ مَنْصُورٍ، عَنْ أَبِي وَائِلٍ، عَنْ أَبِي، مُوسَى الأَشْعَرِيِّ أَنَّ رَجُلاً، سَأَلَ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم عَنِ الْقِتَالِ فِي سَبِيلِ اللَّهِ عَزَّ وَجَلَّ فَقَالَ الرَّجُلُ يُقَاتِلُ غَضَبًا وَيُقَاتِلُ حَمِيَّةً قَالَ فَرَفَعَ رَأْسَهُ إِلَيْهِ - وَمَا رَفَعَ رَأْسَهُ إِلَيْهِ إِلاَّ أَنَّهُ كَانَ قَائِمًا - فَقَالَ " مَنْ قَاتَلَ لِتَكُونَ كَلِمَةُ اللَّهِ هِيَ الْعُلْيَا فَهُوَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ " .
Abu Muso al-Ashʼariy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: bir kishi Rasululloh ﷺ dan aziz va jalil Alloh yoʻlida jang qilish haqida soʻradi va: «Kishi gʻazab uchun jang qiladi, asabiyat (qabilachilik gʻururi) uchun jang qiladi (qay biri Alloh yoʻlida boʻladi)?» dedi. (Rovuy) dedi: «Shunda u zot boshlarini unga (qarata) koʻtardilar — boshlarini koʻtarganlari faqat (oʻsha kishi) tik turgani uchun edi — va: ‹Kim Allohning kalimasi oliy boʻlsin deb jang qilsa, oʻsha Alloh yoʻlidadir›, dedilar».