حَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا ابْنُ فُضَيْلٍ، عَنْ بَيَانٍ، عَنِ الشَّعْبِيِّ، عَنْ عَدِيِّ، بْنِ حَاتِمٍ قَالَ سَأَلْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قُلْتُ إِنَّا قَوْمٌ نَصِيدُ بِهَذِهِ الْكِلاَبِ فَقَالَ " إِذَا أَرْسَلْتَ كِلاَبَكَ الْمُعَلَّمَةَ وَذَكَرْتَ اسْمَ اللَّهِ عَلَيْهَا فَكُلْ مِمَّا أَمْسَكْنَ عَلَيْكَ وَإِنْ قَتَلْنَ إِلاَّ أَنْ يَأْكُلَ الْكَلْبُ فَإِنْ أَكَلَ فَلاَ تَأْكُلْ فَإِنِّي أَخَافُ أَنْ يَكُونَ إِنَّمَا أَمْسَكَ عَلَى نَفْسِهِ وَإِنْ خَالَطَهَا كِلاَبٌ مِنْ غَيْرِهَا فَلاَ تَأْكُلْ " .
Adiy ibn Hotim (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Rasululloh ﷺ dan soʻrab: «Biz mana shu itlar bilan ov qiladigan qavmmiz, (qanday qilamiz)?» dedim. Shunda u zot: «Oʻrgatilgan itlaringni yuborib, ularga Allohning nomini zikr qilgan boʻlsang, ular sen uchun ushlab bergan (ov)dan yeb ol, garchi (ovni) oʻldirib qoʻysalar ham; faqat it (ovdan) yeb qoʻygan boʻlmasin. Agar yeb qoʻygan boʻlsa, yema, chunki men uni oʻzi uchun ushlagan boʻlishidan qoʻrqaman. Agar unga (oʻzingnikidan) boshqa itlar aralashib ketgan boʻlsa ham, yema», dedilar.