وَحَدَّثَنِي زُهَيْرُ بْنُ حَرْبٍ، حَدَّثَنَا هُشَيْمٌ، أَخْبَرَنَا أَبُو بِشْرٍ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ جُبَيْرٍ، قَالَ مَرَّ ابْنُ عُمَرَ بِفِتْيَانٍ مِنْ قُرَيْشٍ قَدْ نَصَبُوا طَيْرًا وَهُمْ يَرْمُونَهُ وَقَدْ جَعَلُوا لِصَاحِبِ الطَّيْرِ كُلَّ خَاطِئَةٍ مِنْ نَبْلِهِمْ فَلَمَّا رَأَوُا ابْنَ عُمَرَ تَفَرَّقُوا فَقَالَ ابْنُ عُمَرَ مَنْ فَعَلَ هَذَا لَعَنَ اللَّهُ مَنْ فَعَلَ هَذَا إِنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم لَعَنَ مَنِ اتَّخَذَ شَيْئًا فِيهِ الرُّوحُ غَرَضًا .
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Ibn Umar Qurayshdan boʻlgan bir necha yigitning yonidan oʻtdi, ular bir qushni (nishon qilib) qoʻyib, unga (oʻq) otishayotgan edi. Ular har bir xato ketgan oʻqlarini qush egasiga beradigan qilib kelishib olishgan edi. Ibn Umarni koʻrishlari bilan tarqab ketishdi. Shunda Ibn Umar: «Buni kim qildi? Buni qilgan kishini Alloh laʼnatlasin! Albatta, Rasululloh ﷺ joni bor narsani nishon qilib olgan kishini laʼnatlaganlar», dedi.