حَدَّثَنَا إِسْحَاقُ بْنُ مَنْصُورٍ، أَخْبَرَنَا أَبُو عَاصِمٍ، عَنْ يَزِيدَ بْنِ أَبِي عُبَيْدٍ، عَنْ سَلَمَةَ، بْنِ الأَكْوَعِ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " مَنْ ضَحَّى مِنْكُمْ فَلاَ يُصْبِحَنَّ فِي بَيْتِهِ بَعْدَ ثَالِثَةٍ شَيْئًا " . فَلَمَّا كَانَ فِي الْعَامِ الْمُقْبِلِ قَالُوا يَا رَسُولَ اللَّهِ نَفْعَلُ كَمَا فَعَلْنَا عَامَ أَوَّلَ فَقَالَ " لاَ إِنَّ ذَاكَ عَامٌ كَانَ النَّاسُ فِيهِ بِجَهْدٍ فَأَرَدْتُ أَنْ يَفْشُوَ فِيهِمْ " .
Salama ibn al-Akvaʼ (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Sizlardan kim qurbonlik soʻysa, uchinchi (kun)dan keyin uyida undan biror narsa qoldirmasin», — dedilar. Kelgusi yil boʻlganda (sahobalar): «Yo Rasululloh! Oʻtgan yilgidek qilaylikmi?» — dedilar. Shunda u zot: «Yoʻq, u shunday bir yil edi-ki, odamlar (qahatchilikda) qiynalgan edilar. Shu sababli men (goʻshtning) ular orasiga tarqalishini xohlagan edim», — dedilar.