حَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا عَبْدُ الْعَزِيزِ، - يَعْنِي ابْنَ أَبِي حَازِمٍ - عَنْ أَبِي، حَازِمٍ عَنْ سَهْلِ بْنِ سَعْدٍ، قَالَ دَعَا أَبُو أُسَيْدٍ السَّاعِدِيُّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فِي عُرْسِهِ فَكَانَتِ امْرَأَتُهُ يَوْمَئِذٍ خَادِمَهُمْ وَهِيَ الْعَرُوسُ قَالَ سَهْلٌ تَدْرُونَ مَا سَقَتْ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم أَنْقَعَتْ لَهُ تَمَرَاتٍ مِنَ اللَّيْلِ فِي تَوْرٍ فَلَمَّا أَكَلَ سَقَتْهُ إِيَّاهُ .
Sahl ibn Saʼd (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Abu Usayd as-Soidiy oʻzining toʻyiga Rasululloh ﷺ ni taklif qildi. Oʻsha kuni uning xotini ularga xizmat qilar edi, holbuki u kelinchak edi. Sahl dedi: Bilasizmi, u Rasululloh ﷺ ga nima ichirgan edi? U kechasi bir tovoqda u zot uchun bir necha donadan xurmoni suvga solib qoʻygan edi. U zot taom yeb boʻlganlaridan keyin, uni u zotga ichirdi.