حَدَّثَنِي سُوَيْدُ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنِي حَفْصُ بْنُ مَيْسَرَةَ، عَنْ زَيْدِ بْنِ أَسْلَمَ، عَنْ عَطَاءِ، بْنِ يَسَارٍ عَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ " إِيَّاكُمْ وَالْجُلُوسَ فِي الطُّرُقَاتِ " . قَالُوا يَا رَسُولَ اللَّهِ مَا لَنَا بُدٌّ مِنْ مَجَالِسِنَا نَتَحَدَّثُ فِيهَا . قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " فَإِذَا أَبَيْتُمْ إِلاَّ الْمَجْلِسَ فَأَعْطُوا الطَّرِيقَ حَقَّهُ " . قَالُوا وَمَا حَقُّهُ قَالَ " غَضُّ الْبَصَرِ وَكَفُّ الأَذَى وَرَدُّ السَّلاَمِ وَالأَمْرُ بِالْمَعْرُوفِ وَالنَّهْىُ عَنِ الْمُنْكَرِ " .
Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: (Nabiy ﷺ): «Yoʻllarda oʻtirishdan ehtiyot boʻlinglar!» — dedilar. (Sahobalar): «Yo Rasululloh! Bizning oʻtiradigan joylarimizdan boshqa iloj yoʻq, biz oʻsha yerlarda suhbatlashamiz», dedilar. Rasululloh ﷺ: «Agar oʻtirishdan boshqasiga koʻnmasangiz, yoʻlga oʻz haqqini beringlar», — dedilar. (Sahobalar): «Uning haqqi nima?» dedilar. (Nabiy ﷺ): «Koʻzni (harom narsadan) tiyish, ozor berishdan saqlanish, salomga alik olish, maʼrufga (yaxshilikka) buyurish va munkardan (yomonlikdan) qaytarish», — dedilar.