حَدَّثَنَا هَنَّادُ بْنُ السَّرِيِّ، حَدَّثَنَا عَبْثَرٌ، عَنْ حُصَيْنٍ، عَنْ سَالِمِ بْنِ أَبِي الْجَعْدِ، عَنْ جَابِرِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ، قَالَ وُلِدَ لِرَجُلٍ مِنَّا غُلاَمٌ فَسَمَّاهُ مُحَمَّدًا فَقُلْنَا لاَ نَكْنِيكَ بِرَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم حَتَّى تَسْتَأْمِرَهُ . قَالَ فَأَتَاهُ فَقَالَ إِنَّهُ وُلِدَ لِي غُلاَمٌ فَسَمَّيْتُهُ بِرَسُولِ اللَّهِ وَإِنَّ قَوْمِي أَبَوْا أَنْ يَكْنُونِي بِهِ حَتَّى تَسْتَأْذِنَ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم فَقَالَ " سَمُّوا بِاسْمِي وَلاَ تَكَنَّوْا بِكُنْيَتِي فَإِنَّمَا بُعِثْتُ قَاسِمًا أَقْسِمُ بَيْنَكُمْ " .
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bizdan bir kishining oʻgʻil farzandi tugʻildi va u unga Muhammad deb ot qoʻydi. Shunda biz: «U zotdan ruxsat soʻramaguningcha, seni Rasululloh ﷺ (ning ismi) bilan kunyalamaymiz», dedik. U zot huzuriga keldi va: «Mening oʻgʻil farzandim tugʻildi va men unga Rasululloh (ning ismi) bilan ot qoʻydim. Qavmim esa, sen Nabiy ﷺ dan ruxsat soʻramaguningcha, meni u (ism) bilan kunyalashdan bosh tortishdi», dedi. U zot: «Mening ismim bilan ot qoʻyinglar, lekin mening kunyam bilan kunya olmanglar. Chunki men Qosim qilib yuborilganman, oranglarda (oʻljani) taqsimlayman», dedilar.