حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ يُونُسَ، حَدَّثَنَا زُهَيْرٌ، حَدَّثَنَا مَنْصُورٌ، عَنِ هِلاَلِ بْنِ يَسَافٍ، عَنْ رَبِيعِ بْنِ عُمَيْلَةَ، عَنْ سَمُرَةَ بْنِ جُنْدَبٍ، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم "أَحَبُّ الْكَلاَمِ إِلَى اللَّهِ أَرْبَعٌ سُبْحَانَ اللَّهِ وَالْحَمْدُ لِلَّهِ وَلاَ إِلَهَ إِلاَّ اللَّهُ وَاللَّهُ أَكْبَرُ. لاَ يَضُرُّكَ بَأَيِّهِنَّ بَدَأْتَ. وَلاَ تُسَمِّيَنَّ غُلاَمَكَ يَسَارًا وَلاَ رَبَاحًا وَلاَ نَجِيحًا وَلاَ أَفْلَحَ فَإِنَّكَ تَقُولُ أَثَمَّ هُوَ فَلاَ يَكُونُ فَيَقُولُ لاَ." إِنَّمَا هُنَّ أَرْبَعٌ فَلاَ تَزِيدُنَّ عَلَىَّ .
Samura ibn Jundub (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Allohga eng suyukli soʻz toʻrttadir: Subhanalloh (Alloh pokdir), val-hamdu lillah (hamd Allohga xosdir), va lo ilaha illalloh (Allohdan boshqa iloh yoʻq) va Allohu akbar (Alloh ulugʻdir). Bularning qaysi biridan boshlasang, senga zarar yoʻq. Va xizmatkoringga Yasor deb ham, Raboh deb ham, Najih deb ham, Aflah deb ham nom qoʻyma. Chunki sen: ‹U oʻsha yerdami?› deb soʻraganingda, u boʻlmasa: ‹Yoʻq› deydi», — dedilar. (Rivoyat qiluvchi:) Ular faqat toʻrttadir, mendan oshirib (qoʻshib) aytmanglar, (dedi).