حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ أَحْمَدَ بْنِ أَبِي خَلَفٍ، حَدَّثَنَا رَوْحٌ، حَدَّثَنَا ابْنُ جُرَيْجٍ، أَخْبَرَنِي أَبُو الزُّبَيْرِ أَنَّهُ سَمِعَ جَابِرَ بْنَ عَبْدِ اللَّهِ، يَقُولُ أَرَادَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم أَنْ يَنْهَى عَنْ أَنْ يُسَمَّى بِيَعْلَى وَبِبَرَكَةَ وَبِأَفْلَحَ وَبِيَسَارٍ وَبِنَافِعٍ وَبِنَحْوِ ذَلِكَ ثُمَّ رَأَيْتُهُ سَكَتَ بَعْدُ عَنْهَا فَلَمْ يَقُلْ شَيْئًا ثُمَّ قُبِضَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَلَمْ يَنْهَ عَنْ ذَلِكَ ثُمَّ أَرَادَ عُمَرُ أَنْ يَنْهَى عَنْ ذَلِكَ ثُمَّ تَرَكَهُ .
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ Yaʼlo deb ham, Baraka deb ham, Aflah deb ham, Yasor deb ham, Nofiʼ deb ham va shularga oʻxshash (ismlar) bilan nom qoʻyishdan qaytarmoqchi boʻldilar. Soʻng men u zotning shundan keyin bu haqda sukut saqlaganlarini, hech narsa demaganlarini koʻrdim. Soʻng Rasululloh ﷺ vafot etdilar, bundan qaytarmadilar. Soʻng Umar bundan qaytarmoqchi boʻldi, soʻng buni tark etdi.