حَدَّثَنَا أَبُو كُرَيْبٍ، حَدَّثَنَا أَبُو مُعَاوِيَةَ، عَنِ الأَعْمَشِ، عَنْ مُسْلِمٍ، عَنْ مَسْرُوقٍ، عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتْ أَتَى النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم أُنَاسٌ مِنَ الْيَهُودِ فَقَالُوا السَّامُ عَلَيْكَ يَا أَبَا الْقَاسِمِ . قَالَ " وَعَلَيْكُمْ " . قَالَتْ عَائِشَةُ قُلْتُ بَلْ عَلَيْكُمُ السَّامُ وَالذَّامُ . فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " يَا عَائِشَةُ لاَ تَكُونِي فَاحِشَةً " . فَقَالَتْ مَا سَمِعْتَ مَا قَالُوا فَقَالَ " أَوَلَيْسَ قَدْ رَدَدْتُ عَلَيْهِمُ الَّذِي قَالُوا قُلْتُ وَعَلَيْكُمْ " .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: yahudiylardan bir necha kishi Nabiy ﷺ huzuriga kelib: «As-somu alayka, yo Abal-Qosim (senga oʻlim boʻlsin, ey Abulqosim)», — deyishdi. U zot: «Va alaykum (sizlarga ham)», — dedilar. Oisha dedi: men: «Yoʻq, balki sizlarga oʻlim va xorlik boʻlsin», — dedim. Shunda Rasululloh ﷺ: «Yo Oisha! Qoʻpol (soʻzli) boʻlma», — dedilar. U: «Ular nima deyishganini eshitmadingizmi?» — dedi. U zot: «Ular aytgan (soʻz)ga men alik qaytarmadimmi? Men ‹Va alaykum (sizlarga ham)›, — dedim-ku», — dedilar.