وَحَدَّثَنَا عَبْدُ بْنُ حُمَيْدٍ، أَخْبَرَنَا عَبْدُ الرَّزَّاقِ، عَنْ مَعْمَرٍ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، عَنْ عُرْوَةَ، عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتْ كَانَ يَدْخُلُ عَلَى أَزْوَاجِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم مُخَنَّثٌ فَكَانُوا يَعُدُّونَهُ مِنْ غَيْرِ أُولِي الإِرْبَةِ - قَالَ - فَدَخَلَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم يَوْمًا وَهُوَ عِنْدَ بَعْضِ نِسَائِهِ وَهُوَ يَنْعَتُ امْرَأَةً قَالَ إِذَا أَقْبَلَتْ أَقْبَلَتْ بِأَرْبَعٍ وَإِذَا أَدْبَرَتْ أَدْبَرَتْ بِثَمَانٍ . فَقَالَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم " أَلاَ أَرَى هَذَا يَعْرِفُ مَا هَا هُنَا لاَ يَدْخُلَنَّ عَلَيْكُنَّ " . قَالَتْ فَحَجَبُوهُ .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ ning ayollari oldiga bir muxannas (xunasa) kirib turardi, uni (ayollarga) hojati boʻlmaganlardan deb hisoblashardi. (Roviy) dedi: bir kuni Nabiy ﷺ kirib keldilar, u (muxannas) ayollaridan birining huzurida edi va bir ayolni taʼriflab: «U (oldidan) kelsa toʻrt (burma) bilan keladi, orqasi bilan ketsa sakkiz (burma) bilan ketadi», derdi. Shunda Nabiy ﷺ: «Bu (kishi) bu yerda nima borligini bilarkan-ku? Sizlarning oldingizga aslo kirmasin!», dedilar. (Oisha) dedi: shundan soʻng undan parda tutadigan boʻlishdi.