حَدَّثَنَا أَبُو كُرَيْبٍ، حَدَّثَنَا أَبُو أُسَامَةَ، عَنْ هِشَامٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتْ سُحِرَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم . وَسَاقَ أَبُو كُرَيْبٍ الْحَدِيثَ بِقِصَّتِهِ نَحْوَ حَدِيثِ ابْنِ نُمَيْرٍ وَقَالَ فِيهِ فَذَهَبَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم إِلَى الْبِئْرِ فَنَظَرَ إِلَيْهَا وَعَلَيْهَا نَخْلٌ . وَقَالَتْ قُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ فَأَخْرِجْهُ . وَلَمْ يَقُلْ أَفَلاَ أَحْرَقْتَهُ وَلَمْ يَذْكُرْ " فَأَمَرْتُ بِهَا فَدُفِنَتْ " .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ sehrlandilar. (Rovin) hadisni qissasi bilan Ibn Numayr hadisiga oʻxshatib keltirdi va unda: «Rasululloh ﷺ quduqqa bordilar va unga qaradilar, uning yonida xurmolar bor edi» dedi. Hamda (Oisha): «Men: ‹Yo Rasululloh! Uni chiqarib oling›, dedim» dedi. U «Uni yondirib yuborsangiz boʻlmaydimi?» demadi va «(Sehr narsalarini) koʻmib tashlashga buyurdim, ular koʻmib tashlandi» (jumlasini) ham zikr qilmadi.