حَدَّثَنِي سُرَيْجُ بْنُ يُونُسَ، وَيَحْيَى بْنُ أَيُّوبَ، قَالاَ حَدَّثَنَا عَبَّادُ بْنُ عَبَّادٍ، عَنْ هِشَامِ، بْنِ عُرْوَةَ عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَائِشَةَ، قَالَتْ كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم إِذَا مَرِضَ أَحَدٌ مِنْ أَهْلِهِ نَفَثَ عَلَيْهِ بِالْمُعَوِّذَاتِ فَلَمَّا مَرِضَ مَرَضَهُ الَّذِي مَاتَ فِيهِ جَعَلْتُ أَنْفُثُ عَلَيْهِ وَأَمْسَحُهُ بِيَدِ نَفْسِهِ لأَنَّهَا كَانَتْ أَعْظَمَ بَرَكَةً مِنْ يَدِي . وَفِي رِوَايَةِ يَحْيَى بْنِ أَيُّوبَ بِمُعَوِّذَاتٍ .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ oila aʼzolaridan biri kasal boʻlsa, unga muavvizotni (oʻqib) puflardilar. U zot vafot etgan oʻsha kasalliklariga chalinganlarida esa men u zotga (muavvizotni oʻqib) puflar va u zotni oʻzlarining qoʻllari bilan silar edim, chunki ularning qoʻllari mening qoʻlimdan baraka jihatidan ulkanroq edi. Yahyo ibn Ayyubning rivoyatida esa «muavvizot bilan» (deyilgan).