وَحَدَّثَنَا عَبْدُ الْمَلِكِ بْنُ شُعَيْبِ بْنِ اللَّيْثِ بْنِ سَعْدٍ، حَدَّثَنِي أَبِي، عَنْ جَدِّي، حَدَّثَنِي عُقَيْلُ بْنُ خَالِدٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ عُرْوَةَ، عَنْ عَائِشَةَ، زَوْجِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم أَنَّهَا كَانَتْ إِذَا مَاتَ الْمَيِّتُ مِنْ أَهْلِهَا فَاجْتَمَعَ لِذَلِكَ النِّسَاءُ ثُمَّ تَفَرَّقْنَ إِلاَّ أَهْلَهَا وَخَاصَّتَهَا - أَمَرَتْ بِبُرْمَةٍ مِنْ تَلْبِينَةٍ فَطُبِخَتْ ثُمَّ صُنِعَ ثَرِيدٌ فَصُبَّتِ التَّلْبِينَةُ عَلَيْهَا ثُمَّ قَالَتْ كُلْنَ مِنْهَا فَإِنِّي سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ " التَّلْبِينَةُ مَجَمَّةٌ لِفُؤَادِ الْمَرِيضِ تُذْهِبُ بَعْضَ الْحُزْنِ " .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadiki, u ahli oilasidan biror kishi vafot etib, buning uchun ayollar yigʻilgach, soʻng ular tarqalib, faqat oilasi va yaqinlari qolganida, talbinadan (suyuq unli boʻtqadan) bir koʻza tayyorlashga buyurar, u pishirilar, soʻng tarid tayyorlanar va talbina uning ustiga quyilar edi. Keyin u: «Bundan yenglar, chunki men Rasululloh ﷺ ning: ‹Talbina bemorning yuragiga rohat beradi va gʻam-qaygʻuning bir qismini ketkazadi›, — deganlarini eshitganman», — der edi.