وَحَدَّثَنِي إِسْحَاقُ بْنُ مَنْصُورٍ، أَخْبَرَنَا مُحَمَّدُ بْنُ جَهْضَمٍ، حَدَّثَنَا إِسْمَاعِيلُ، - وَهُوَ عِنْدَنَا ابْنُ جَعْفَرٍ - عَنْ عُمَرَ بْنِ نَافِعٍ، عَنْ أَبِيهِ، قَالَ كَانَ عَبْدُ اللَّهِ بْنُ عُمَرَ يَوْمًا عِنْدَ هَدْمٍ لَهُ فَرَأَى وَبِيصَ جَانٍّ فَقَالَ اتَّبِعُوا هَذَا الْجَانَّ فَاقْتُلُوهُ . قَالَ أَبُو لُبَابَةَ الأَنْصَارِيُّ إِنِّي سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم نَهَى عَنْ قَتْلِ الْجِنَّانِ الَّتِي تَكُونُ فِي الْبُيُوتِ إِلاَّ الأَبْتَرَ وَذَا الطُّفْيَتَيْنِ فَإِنَّهُمَا اللَّذَانِ يَخْطِفَانِ الْبَصَرَ وَيَتَتَبَّعَانِ مَا فِي بُطُونِ النِّسَاءِ .
Abu Luboba (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Abdulloh ibn Umar bir kuni oʻzining (buzilgan) bir devori oldida turgan edi, ilon yaltirashini koʻrib qoldi-da: «Mana bu ilonni quvib, oʻldiringlar», dedi. Shunda Abu Luboba al-Ansoriy: «Men Rasululloh ﷺ ni uylarda boʻladigan ilonlarni oʻldirishdan qaytarganlarini eshitganman; faqat dumi kalta ilon va belida ikki chiziq boʻlgan ilon bundan mustasno, chunki bu ikkisi koʻzni ilib ketadi va ayollarning qornidagi (homila)ni izlab, (tushirib yuboradi)», dedi.